» » Samarqandda Shavkat Mirziyoyev kitobini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Samarqandda Shavkat Mirziyoyev kitobini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda


Samarqand viloyatidagi ta’lim muassasalari, mahallalarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli kitobini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklari, Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan tadbirlarda kitobda ilgari surilgan g‘oyalar, davlat va jamiyat hayotini yangilash bilan bog‘liq vazifalar haqida hayotiy misollar asosida so‘z yuritilmoqda.

Narpay tumanidagi Oqtosh tadbirkorlik va servis kasb-hunar kollejida tashkil etilgan uchrashuvda hududdagi mahallalar vakillari, o‘qituvchi va o‘quvchilar qatnashdi.

“Taniqli adiblar, madaniyat va san’at namoyandalari, professor-o‘qituvchilardan iborat targ‘ibot guruhi a’zolari yurtimizda inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, shahar va qishloqlarimizdagi bunyodkorlik jarayonlari, yoshlar, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Bu borada davlatimiz rahbari kitobida belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan mulohazalar bildirildi”, — deyiladi O‘zA xabarida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют