» » Xitoylik mutaxassislar tarixda ilk bor dengiz tubidan “qaynoq muz” qazib oldi

Xitoylik mutaxassislar tarixda ilk bor dengiz tubidan “qaynoq muz” qazib oldi


Xitoylik neftchilar tarixda ilk bor Janubiy Xitoy dengizi tubidan qaynoq muz — yuqori bosim va past harorat ta’sirida kristall moddaga aylangan suv va tabiiy gaz birikmasini qazib oldi. Bu haqda mamlakat televideniyesi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Namunalar 1,2 kilometr chuqurlikdan chiqarib olindi. 200 metrli suvosti qudug‘i Gonkongdan 285 kilometr janubi-sharqda joylashgandi. 

Xitoy geologik tadqiqotlar boshqarmasi bosh muhandisi Ye Szyanlanga ko‘ra, hozirgacha mazkur birikmaning 120 kub metri qazib olingan, undagi metan miqdori 99,5 foizni tashkil etmoqda.

Mazkur moddaning bir kub metri 160 kub metr tabiiy gazga teng: avtomobil 100 litr gazda 300 kilometr yurishi mumkin, 100 litr “qaynoq muz”da esa bu masofa 50 ming kilometrga teng. 

Hozirda bu kabi loyihalar bilan boshqa davlatlar, jumladan, Kanada va Yaponiya ham shug‘ullanmoqda, biroq ulardan hech biri qo‘yilgan vazifani uddalay olmadi: dengiz tubidan “qaynoq muz” chiqarib olish texnik jihatdan murakkab jarayon hisoblanadi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют