» » Sud Viktor Yanukovichga Skype orqali ko‘rsatma berishni taqiqladi

Sud Viktor Yanukovichga Skype orqali ko‘rsatma berishni taqiqladi


Obolonsk tuman sudi himoyaning Yanukovich bilan videokonferensiya o‘tkazish borasidagi iltimosini rad etdi. Bu haqda “Espresso” nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Sudning aniqlik kiritishicha, ushbu jinoyat ishini yuritishda Rossiya sudiga murojaat qilishning imkoni yo‘q, chunki ish Yanukovichning Rossiya Federatsiyasi foydasiga davlat xoinligida ayblanayotganiga tegishli.

Sudya Yanukovichga yig‘ilishda qatnashish uchun yetarlicha imkoniyat yaratib berilganini ma’lum qildi.

Himoya o‘z mijozi bilan maslahatlashib olish maqsadida tanaffus so‘rab rasmiy iltimos bildirdi, biroq sudya uning talabini inobatga olmadi.

Mavzuga doir: Viktor Yanukovich Ukraina rahbariyatini so‘roq qilish niyatida ekanligini bildirdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют