» » Fotoreportaj: Toshkentda turkman shoiri Maxtumquliga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlik ochildi

Fotoreportaj: Toshkentda turkman shoiri Maxtumquliga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlik ochildi


Toshkent shahrida 18-may, payshanba kuni buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomidagi ko‘cha va unga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Mahmudjon Murodov, Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili, davlat va jamoat arboblari, san’atkorlar, Respublika baynalmilal madaniyat markazi vakillari ishtirok etdi.

Me’moriy yodgorlik barelyef uslubida yosh haykaltarosh Jasvan Annazarov tomonidan bronzadan ishlangan.

O‘zbekiston badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda men yaratgan eskiz ma’qul topildi. Eskiz asosida bir oy davomida yodgorlik yaratildi. Asarda Maxtumquli shamolga qarshi turib, ustiga to‘n tashlagan holda xalqni dardini kuylab turgani tasvirlangan. Maxtumquli xalqni dardini kuylagan shoir bo‘lgani uchun bugungi kungacha uning she’rlari san’atkorlar tomonidan kuylanadi.

Bugun mening hayotimdagi tarixiy kun. Men yaratgan ish birinchi marta ana shunday yuksak muvaffaqiyatga erishib, Toshkent shahrida o‘rnatilmoqda.

Jasvan Annazarov, Maxtumquli Firog‘iy me’moriy yodgorligining muallifi

Haykalni O‘zbekiston madaniyat vaziri Mahmudjon Murodov va Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili ochdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...