» » Yuqori qon bosimida nimalar yordam beradi?

Yuqori qon bosimida nimalar yordam beradi?


Qon bosimining oshishi — bu faqat keksalarda uchraydigan kasallik emas. Bu xastalik bilan zararli dori-darmonlarsiz qanday kurashsa bo‘ladi?  Ma’lum bir oziq-ovqatlarni iste’mol qilish mumkin.  Shunday qilib, agar sizning qon bosimingiz ko‘tarilayotgan bo‘lsa, taomnomangizga nimalar qo‘shish mumkin?

Gipertoniya kasaliga duchor bo‘lganlar uchun kerakli oziq-ovqatlar:

Kun davomida 3 mahal 1 piyoladan yog‘siz sut ichish foydali. Uning tarkibi kaliy, kalsiy va magniyga juda boy.

Tvorog (yog‘i kam) tomirlarni kengaytirish va yurakni mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek uning tarkibida sutda bor bo‘lgan barcha mikroelementlar va vitaminlar mavjud. Bir kunda 100 gramm tvorog yeyish tavsiya qilinadi.

Suli yormasidan qilingan bo‘tqa hamma uchun foydali. Uning tarkibida kletchatkalar mavjud.

Kakao kaloriyali bo‘lsa ham tomirlar uchun foydali. Bu ichimlikni bir haftada 1—2 marta ichish kifoya qiladi.

Ko‘k choyni muntazam ravishda ichish tavsiya etiladi. Ko‘k choy antioksidantlarga boy bo‘lib, u xolesterinni kamaytiradi va qarishni sekinlashtiradi.

Qora shokolad ham antioksidantlarga boy, shuningdek bu shirinlik yurak mushaklarini mustahkamlaydi va bosimni pasaytiradi. Lekin bu vositani me’yoridan oshirmasdan iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Losos (qizil baliq) — gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarning eng yaxshi yordamchisi. Bu taomni bir haftada bir necha marta 150 grammdan yeyish lozim.

Qizil bulg‘or qalampiri. Uning tarkibi C vitaminiga juda boy. Bir sutkada ikki dona qalampir iste’mol qilish organizm uchun yetarli bo‘ladi.

Oshqovoq urug‘i ham foydali hisoblanadi. Uning tarkibida rux mavjud bo‘lib, u infarkt xavfini kamaytiradi. Oshqovoq urug‘ini tamaddilar o‘rnida bir kunda 20 grammdan iste’mol qilish lozim.

Bodom kaliy, kalsiy, magniy va E vitaminiga boy bo‘lgani uchun qon bosimini pasaytiradi va xolesterin miqdorini boshqarib turadi.

Manba: “Xitrosti jizni”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют