» » Chexiya, 10 mln yevro jarimaga qaramay, muhojirlarni qabul qilishdan bosh tortdi

Chexiya, 10 mln yevro jarimaga qaramay, muhojirlarni qabul qilishdan bosh tortdi


Yevroittifoq mamlakatni 10 million yevro miqdoridagi jarimaga tortishga qaror qilishiga qaramay, Chexiya muhojirlarni qabul qilmaslik pozitsiyasini o‘zgartirmaydi. Bu haqda Bryusselda Yevroittifoq xavfsizlik kengashida Chexiya ichki ishlar vaziri Milan Xovanes bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Bir necha kun muqaddam Yevrokomissiya vakillari Italiya va Gretsiyadagi lagerlarda turgan noqonuniy muhojirlar va qochqinlarni qabul qilishdan bosh tortayotgan mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy va huquqiy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Shunga qaramay, Chexiya bu boradagi pozitsiyasini o‘zgartirmadi va muhojirlarni qabul qilishni istamayapti.

Shu paytga qadar Yevrokomissiya belgilagan kvotalar bo‘yicha bir yil ichida lagerlardan Yevropa Ittifoqining turli mamlakatlariga 18,4 ming kishi ko‘chirib ketildi. Rejada 160 ming kishi ko‘rsatilgan edi.

Chexiya o‘ziga belgilangan 1,6 ming kishidan faqat 12 kishini qabul qildi va boshqalarni qabul qilishdan bosh tortdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют