» » Isabekova familiyali ayol uch oyda ikki marta Samarqand Darvoza’ga “bomba qo‘ydi”

Isabekova familiyali ayol uch oyda ikki marta Samarqand Darvoza’ga “bomba qo‘ydi”


Huquqni muhofaza qilish organlari 13 va 14-may kunlari Toshkentning eng gavjum savdo-ko‘ngilochar savdo majmualari — MegaPlanet va Samarqand Darvoza’ga xavotir bilan tashrif buyurishga majbur bo‘ldi. MegaPlanet’ga “tashrif”ni OAV Milliy xavfsizlik xizmatidagi manbalarga asoslanib “o‘quv mashg‘uloti” deb atagan bo‘lsa, Samarqand Darvoza’ga uyushtirilgan “majburiy safar” haqida bir necha kun avval Toshkent shahar IIBB rasmiy axborot bergan edi.

MegaPlanet’dagi “o‘quv mashg‘ulotlari” yolg‘on xabardan so‘ng tashkil etilgan evakuatsiya va tekshiruv operatsiyasi bo‘lib chiqdi. 13-may kuni UzNews nashri Milliy xavfsizlik xizmatidagi manbalarga asoslanib, Yunusoboddagi MegaPlanet savdo-ko‘ngilochar majmuasida huquqni muhofaza qilish organlarining o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq bu o‘quv mashg‘ulotlari emas, balki haqiqiy operatsiya ekani Toshkent shahar IIBBda 18-may kuni tashkil etilgan brifingda ma’lum bo‘ldi.

IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Doniyor Toshxo‘jayevning ma’lum qilishicha, 13-may kuni soat 10:00 atrofida o‘zini Shodmonova Shahrina Alisher qizi deb tanishtirgan noma’lum shaxs IIBBning 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, MegaPlanet’ning 3-qavatida hijobga o‘rangan ikki ayol binoda bomba borligi haqida gaplashayotganini eshitib qolganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi, IIBB va boshqa xizmatlarning kuchlari zudlik bilan MegaPlanet’ga yetib kelgan, odamlar binodan evakuatsiya qilingan. Maxsus vositalar bilan o‘tkazilgan tekshiruv binoda portlovchi uskunalar va moddalar yo‘qligini ko‘rsatgan.

“Hijobga o‘rangan ikki ayolning bomba haqidagi suhbati” bo‘yicha telefon qo‘ng‘irog‘i 14-may, yakshanba kuni ham takrorlangan. Shu kuni soat 11:00 atrofida 102 raqamiga qo‘ng‘iroq bo‘lib, Samarqand Darvoza gipermarketining 3-qavatida hijobga o‘rangan ikki ayol binoda bomba borligi haqida gaplashayotgani haqida ma’lumot qoldirilgan. Bu safar ham xabar bergan shaxs o‘zini Shodmonova Shahrina Alisher qizi deb tanishtirgan. Bir kun avval MegaPlanet’da bo‘lganidek, tegishli organlar zudlik bilan Samarqand Darvoza’ga yetib borgan, odamlarni binodan evakuatsiya qilgan va binoda bomba yo‘qligini aniqlagan.

Mazkur yolg‘onlar xabarlar natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 40 million so‘mdan ziyod moddiy zarar yetkazilgan. Doniyor Toshxo‘jayevning ma’lum qilishicha, zararni fuqaro hisobidan to‘la qoplash bo‘yicha choralar ko‘riladi. “Ichki ishlar organlarining kuch, vositalari ketgani ham mayli, biroq mana shu yolg‘on xabarlar sabab bechora odamlar vahimaga tushdi, qanchadan qancha sarsongarchilikka yo‘l qo‘yildi”, — deya alohida ta’kidladi IIBB boshlig‘i o‘rinbosari.

Har ikkala yolg‘on xabar muqaddam sudlangan bir ayol tomonidan berilgan. Ichki ishlar organlari olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur g‘ayriqonuniy harakatlar Aqmaral Isabekova ismli ayol tomonidan sodir etilgani aniqlandi. 18-may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda u bungacha o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan. Toshkent shahar IIBB saytida 16-may kuni e’lon qilingan axborotda, Samarqand Darvoza’ga bomba qo‘yilgani haqida xabar bergan ayol Toshkent viloyatida istiqomat qilishi, 1998-yilda tug‘ilgani ta’kidlangan. Ayolning bombalar haqida nima uchun yolg‘on xabar bergani ma’lum qilinmadi. Huquqbuzar qamoqqa olingan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (“bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqand Darvoza’ga bomba qo‘yilgani haqida 21-mart kuni ham yolg‘on xabar berilgan edi. 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan ayol o‘zini Oygul Murodova deb tanishtirgan, gipermarketda qora kiyimli “notanish shaxslar” binoga bomba qo‘yish kerakligi haqida gaplashayotganini ma’lum qilgan. Tezkor tadbir davomida mazkur xabar yolg‘on ekani aniqlangan, xabar bergan ayol qo‘lga olingan. E’tiborga molik tomoni, o‘sha yolg‘on xabar yuzasidan qo‘lga olingan va qo‘ng‘iroq vaqtida Oygul Murodova deb tanishtirgan 1998-yilda tug‘ilgan shaxsning familiyasi Isabekova ekani, ismi esa “A” harfidan boshlanishi, asli Toshkent viloyatida istiqomat qilishi Toshkent shahar IIBB vakillari tomonidan e’lon qilingan edi.

21-martdagi yolg‘on xabar muallifi A.Isabekova bilan 13—14-maylardagi yolg‘on xabarlar muallifi Aqmaral Isabekova bir odammi yoki yo‘q — hozircha noma’lum.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют