» » Axlattepaga aylangan Chirchiq daryosi sohillari (foto)

Axlattepaga aylangan Chirchiq daryosi sohillari (foto)


Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zosi Toshkentning Sergeli tumanida Chirchiq daryosi yoqasida hosil bo‘lgan axlattepa suratlarini e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerga dastlab qurilish chiqindilarini to‘kishgan, endi esa maishiy axlatlar ham shu yerga tashlanadigan bo‘ldi.

“Shunday chiroyli, xilvat joylarni iflos qilishdi. Avvaldan chuqurlar, qazib tashlangan joylar tufayli, daryoga yaqinlashib bo‘lmasdi, endi esa axlat ham qo‘shimcha bo‘ldi. Bu hali kichik qismi, daryo yoqasi — bundan ham battar”, — deb yozdi foydalanuvchi.

Ayol guruh a’zolaridan bu borada qayerga murojaat etib, shikoyat qilishi mumkinligini so‘ragan.

Guruhdoshlari unga Prezident virtual qabulxonasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yoki ishonch telefon raqamlariga murojaat qilishni tavsiya etgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют