» » Tantanali kechalar uchun chiroyli soch turmaklari (foto)

Tantanali kechalar uchun chiroyli soch turmaklari (foto)


Har bir ayol va qizning hayotida tantanali tadbirlar, to‘ylar va boshqa marosimlar tez-tez bo‘lib turadi. Ko‘pincha bunday tadbirlarga tayyorlanishda soch turmagi tanlash borasida qiyinchiliklarga duch kelamiz. Maqolamizda ancha shunday vaziyatlardan chiqib ketishda yordam beruvchi maslahatlarni o‘qishingiz mumkin.

Jiddiy ko‘rinishga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, silliqlangan yoki jingalak qilingan sochlaringizni bitta qilib yig‘ing.  Agar qiyofangiz zerikarli bo‘lib qolishini istamasangiz, sochingizga qandaydir bezak taqishingiz mumkin. Masalan, libosingiz shunga mos bo‘lsa, yunoncha uslubdagi gardishdan foydalaning.

Sochni original tarzda o‘rish hozir moda cho‘qqisida. Uzun sochlaringizni turlicha o‘rimlar (bug‘doycha, baliq dumi, fransuzcha o‘rim) yordamida yig‘ishingiz mumkin. Agar sochingiz kaltaroq bo‘lsa, uning faqat tepa qismini o‘rimga kiritib, pastki qismini yoyishingiz mumkin.

Ot dumi va o‘rimlar sizning uslubingiz bo‘lmasa, sochingizni jingalak qilib, yoyishingiz mumkin. Soch uchun dazmoldan foydalanib, o‘zingiz istagan kattalakda jingalak bo‘lgan sochlarga erishishingiz mumkin. Zulfingizni bir tomonga tushirib, gulli to‘g‘nog‘ichlardan foydalanishingiz yoki sochning ustki qismini tepaga yig‘ishingiz mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 09:13)
+3 (голосов: 25)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют