» » Ozodbek Nazarbekov “Manguberdi” qo‘shig‘iga klip suratga olmoqda (foto)

Ozodbek Nazarbekov “Manguberdi” qo‘shig‘iga klip suratga olmoqda (foto)


O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov muxlislariga sovg‘a hozirlamoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”.

U o‘zining Nodir Umarov musiqasi, Botirjon Ergashev so‘zi bilan kuylangan “Manguberdi” taronasiga klip suratga olmoqda. Odatda Nazarbekov taronalariga juda kam videoklip suratga oldiradi, ayni shu sababdan buni tom ma’noda muxlislarga sovg‘a desak mubolag‘a bo‘lmaydi, deyiladi xabarda.

Xonandaning yangi ijod mahsuli buyuk sarkarda, qat’iyatli va irodali shaxs, raqiblarining o‘zi mardligiga tan bergan inson Jaloliddin Manguberdi siymosiga bag‘ishlangan. Klip “9999” studiyasi tomonidan suratga olinmoqda. Shu kunlarda klip olish ishlari ayni avjida. Klip olish uchun maxsus dekoratsiyalar qurildi.

Videoklipda Chingizxon rolini qoraqalpog‘istonlik xonanda Maxet O‘temuratov ijro etgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют