» » Boku—2017. O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 6 ta oltin yutib oldi. Teng yarmi bokschilarniki

Boku—2017. O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 6 ta oltin yutib oldi. Teng yarmi bokschilarniki


Ozarbayjon poytaxti Bokuda davom etayotgan “Islom birdamlik o‘yinlari”da O‘zbekiston delegatsiyasi oltinlari sonini 14 taga yetkazib oldi.

18-may — payshanba kuni delegatsiyaning olti sportchisi shohsupaning eng yuqorisidan joy oldi.

Boksning -56 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Abdulhay Shorahmatov, -64 kilogrammacha vaznida Aliyor Noraliyev va -69 kilogrammli sportchilar o‘rtasidagi musobaqasida Bobo-Usmon Baturov barcha raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, yengil atletikaning balandlikka sakrash musobaqasida Nadiya Dusanova, taekvondoning -74 kilogramm vazn toifasida Nikita Rafalovich hamda para-atletikaning nayza uloqtirish musobaqasida Aleksandr Svechnikov O‘zbekiston delegatsiyasi uchun oltin medallar olib berdi.

Boks
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov
-64 kg: Aliyor Noraliyev
-69 kg: Bobo-Usmon Baturov

Yengil atletika
Nadiya Dusanova (balandlikka sakrash)

Taekvondo
-74 kg: Nikita Rafalovich

Para-atletika
Aleksandr Svechnikov (nayza uloqtirish)

18-may kuni Mo‘minjon Abdullayev yunon-rum kurashining 100 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi musobaqasida va Umida Abdullayeva taekvondoning 62 kilogrammgacha bo‘lgan qizlari turnirida kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Yunun-rum kurashi
-100 kg: Mo‘minjon Abdullayev

Taekvondo
-62 kg: Umida Abdullayeva

Payshanba kuni qo‘lga kiritilgan yagona bronza yengil atletikachi Nigina Sharipovaga tegishli bo‘ldi.

Yengil atletika
Nigina Sharipova (200 metrga yugurish)

O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallab turibdi. Ayni paytda delegatsiya sportchilari qo‘lga kiritgan oltin medallar soni Eron termasinikidan 2 taga kamroq.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют