» » Toshkentda xorijiy valyutani ichki kiyimida Rossiyaga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi

Toshkentda xorijiy valyutani ichki kiyimida Rossiyaga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temiryo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlarda xorijiy valyutani ichki kiyimida Rossiyaga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Toshkent–Chelyabinsk” yo‘nalishidagi poyezd yo‘lovchisi fuqaro T.Soliyeva bojxona xodimlari tomonidan amaldagi tartiblarga muvofiq xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning ichki kiyimida bojxona bayonnomasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 500 AQSh dollari va 650 Rossiya rublini yashirgani ma’lum bo‘ldi.

Yana bir holatda “Toshkent–Sverdlovsk” yo‘nalishidagi poyezd yo‘lovchisi fuqaro Z.Mirzayeva 1214 AQSh dollarini ichki kiyimlari orasiga yashirgan holda olib o‘tishga uringan vaqtda to‘xtatib qolindi.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona Kodeksining 240-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan nazorat jismoniy shaxslar bojxona chegarasini kesib o‘tayotganda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Belgilangan tartibga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali rezident va norezidentlar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan xorijiy valyuta yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozma ravishda deklaratsiyalanishi sharti bilan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishda rezidentlar 2000 (ikki ming) AQSh dollari ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutalarni ruxsatnoma olmasdan, ushbu miqdordan ortiq summani esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki vakolatli banklarning ruxsatnomasi bilan, 5000 (besh ming) AQSh dollariga teng miqdordan ortiqcha summani Markaziy bankning ruxsatnomasi bilan olib chiqishlari mumkin.

Norezidentlarga esa O‘zbekistonga kirib kelayotganda o‘zi bilan olib kelgan hamda bojxonaga taqdim etilgan yo‘lovchi bojxona bayonnomasida qayd etilgan miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqishlariga ruxsat etiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududiga naqd xorijiy valyutani olib kirish barcha toifadagi shaxslar uchun cheklanmagan, lekin uni albatta yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatish shartligi belgilangan.

Ma’lumot uchun, rezidentlar – O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, norezidentlar esa rezident tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydigan shaxslar hisoblanadi.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston fuqarolari bojxona qoidabuzarliklari yoki bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent shahar bojxona boshqarmasining 120-76-71 “ishonch telefoni” raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют