» » “Al-Jaish” nomli klubning yo‘q bo‘lib ketishi sabab Sardor Rashidov jamoasiz qolishi mumkin

“Al-Jaish” nomli klubning yo‘q bo‘lib ketishi sabab Sardor Rashidov jamoasiz qolishi mumkin


O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidovning o‘z klubidagi kelajagi so‘roq ostida bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” nashrida ma’lumot berilgan.

Sardor Rashidovni “Bunyodkor”dan xarid qilgan “Al-Jaish” nomli klub, shu shaharning boshqa bir jamoasi “Lahviya” bilan qo‘shib yuboriladi va umumiy Al Duhail Sports Club vujudga keladi.

“Lahviya” joriy mavsum Qatar chempionligini qo‘lga kiritdi. “Al-Jaish” esa chempionatni 4-o‘rinda yakunladi. Shundan kelib chiqib, Al Duhail Sports Club bosh murabbiyi etib “Lahviya” ustozi Jamol Belmadi tayinlangan.

“Championat.asia” taxminiga ko‘ra, u jamoaga asosan o‘z futbolchilarini jalb qiladi. Bu esa Sardor Rashidov va uning “Al-Jaish”dagi bir qator jamoadoshlarini chetda qoldirishi ham mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-05-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют