» » Eronda prezidentlik saylovlari boshlandi

Eronda prezidentlik saylovlari boshlandi


Eronda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarida ovoz berish uchun mamlakatda Toshkent vaqti bilan 8:30 dan boshlab 63 mingdan ortiq saylov uchastkasi ochildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Byulletenlarga 4 nafar nomzodning nomi kiritilgan. Ular ikkinchi muddatga saylanishni ko‘zlayotgan amaldagi prezident Hasan Ruhoniy, sobiq bosh prokuror Ibrohim Raisiy, sobiq madaniyat vaziri Mustafo Mirsalim va sobiq sanoat vaziri Mustafo Tabadir. 

Ruhoniy va Mirsalim prezidentlik poygasida yetakchilik qilmoqda va jamoatchilik so‘rovlariga ko‘ra, ikkovining ham imkoniyati teng. 

Dastlab 6 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgandi. Biroq Tehron meri Muhammad G‘olibaf va Eron birinchi vitse-prezidenti Is’hoq Jahongiriy shu haftada prezidentlik poygasidan chiqishlarini e’lon qildi. 

Saylovda g‘alaba qozonish uchun nomzod 50 foizdan ortiq ovoz to‘plashi lozim. Agar nomzodlardan hech biri buni uddalay olmasa, ikkinchi bosqich o‘tkaziladi va unda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod ishtirok etadi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют