» » Kaltaklanayotgan militsioner, qurol kotargan niqoblilar, oq ovozlari. Buxoroda nima boldi?

Kaltaklanayotgan militsioner, qurol kotargan niqoblilar, oq ovozlari. Buxoroda nima boldi?


Ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, ommabop Telegram messenjerida 17-maydan boshlab Buxoro shahrida olingani taxmin qilingan videoyozuvlar tarqaldi: unda bazilari qora niqob kiygan va qoliga qurol kotargan nomalum shaxslar ichki ishlar organi xodimiga qarshilik korsatib, uni kaltaklayotgani aks etgan. Mazkur holat nafaqat Buxoroda, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham vahimaga sabab boldi. Keyinroq Buxoro viloyati masullari vaziyatga aniqlik kiritdi.

Videolarning birida militsioner kaltaklanayotganini korish, boshqasida oq otilishiga oxshash ovozlarni eshitish mumkin. Birinchi videoyozuvda oq Nexiadan tushgan ikki kishi militsiya xodimiga qarshilik korsatgan, ulardan biri qora niqobda bolib, qolida Kalashnikov avtomati ham bolgan. Qurolsiz jangari militsionerni yerga yotqizib olib, kaltaklagan.

Song ular shoshilinch ravishda mashinaga otirib, qochishga uringan. Kadr ortida kimdir: Hayda! Hayda!, deb baqirganini eshitish mumkin. Militsiya xodimi Nexianing yurib ketishiga yol bermagan. Videoga olayotgan fuqaro: Jinnimi bular?, deb hayron bolgan, biroq hech kim militsionerga yordam berishga oshiqmagan.

Dokon (yoki gozallik saloni?)da bolgan ayol tomonidan olingan ikkinchi videoda oq otilishiga oxshash ovozlar yangraydi. Ayollardan biri, aftidan, ichki ishlar organlariga oq Nexiada kelgan bir guruh shaxslar militsiya xodimiga kuch ishlatayotgani haqida xabar berayotganini eshitish mumkin. Odamlar mashinalardan tushib, vaziyatga oydinlik kiritishga uringan, song hamma tarqab ketgan, xususan, militsiya xodimi ham ekrandan yoqolgan.

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatidan Daryoga malum qilishlaricha, bu huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tashkil etilgan oquv mashgulotlari edi. Buxoro IIB tomonidan Betakror Buxoro saytida elon qilingan axborotga kora, videolarda aks etgan jarayon viloyat hududidagi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan aholining ogohligini tekshirish boyicha oquv taktik mashgulotlar bolgan.

Mahalliy aholi [qarshilikka uchragan] IIB xodimini qollab-quvvatlab, [shartli jangari]larning harakatlari xususida oz vaqtida IIBning navbatchilik qismiga xabar bergan. Mazkur tadbir natijasida aholi va huquq-tartibot idoralari xodimlarining ogohligi yuqori ekanligi hamda barcha fukarolar tinch va osuda hayotimizni qolidan kelganicha himoyalashga tayyor ekanligini namoyon boldi, deyiladi viloyat IIB axborotida.

Daryo yangiliklarini Facebookda kuzatib boring

: admin (19-05-2017, 11:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 6) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -