» » WannaCry virusi jabrdiydalariga tahdidli xabar keldi

WannaCry virusi jabrdiydalariga tahdidli xabar keldi


Xakerlar WannaCry virusi jabrdiydalariga ma’lumotlarini qayta ochib berish uchun to‘lovni amalga oshirishlarini talab qilib tahdidli xabar yo‘lladi, deb ma’lum qildi The Sun.

Kompyuter monitorida “ko‘plab foydalanuvchilar pulni to‘lab bo‘ldi va ma’lumotlarini qayta ochish uchun kalitga ega bo‘ldi” yozuvi paydo bo‘lgan.

“Halol mijozlarning fayllarini qayta ochib berishga va’da beraman”, — deb keltiriladi noma’lum shaxslar tomonidan yuborilgan xabarda.

Internet-xavfsizligi sohasi mutaxassisi Thijs Bosschert yangi tahdidli xabar 18-may, payshanba kuni tarqalganini paydab qoldi. Uning taxminicha, xakerlar ushbu xabarning paydo bo‘lishini oldindan rejalashtirgan va virus ichiga joylashtirgan yoki ular shaxsan har bir jabrlanuvchiga jo‘natib chiqishgan bolishi mumkin.

Axborotni shifrlab, u uchun pul so‘raydigan WanaCryptor 2.0 virusi 12-maydan boshlab tez tarqala boshlagan edi. Hozirga qadar ushbu virusdan 300 mingga yaqin odam jabrlangani aytilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-05-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют