» » Amerikalik erkak do‘konga Challenger’da bostirib keldi va muzlatgich ichiga berkinib oldi (video)

Amerikalik erkak do‘konga Challenger’da bostirib keldi va muzlatgich ichiga berkinib oldi (video)


Ogayo shtatida istiqomat qiluvchi fuqaro oziq-ovqat do‘koniga Dodge Challenger avtomobilida bostirib kirib sotuvchidan pivo so‘radi. Fox 8 Cleveland’ning ma’lum qilishicha, shundan so‘ng erkak ichimliklar joylashgan muzlatgichning ichiga kirib eshigini yopib olgan, deb xabar berdi “Motor”.

Do‘kon xodimining politsiyaga ma’lum qilishicha, avtomobil binoga katta tezlikda bostirib kirgan. Mahsulotlar joylashgan tokchalar ostida qolib ketgan sotuvchi yengil jarohatlar bilan qutilib qolgan.

Politsiya yetib kelganida 45 yoshli Robert Meyson hamon muzlatkich ichida bo‘lgan va u yerdan chiqishdan bosh tortgan. Kuch bilan chiqarishga urinishganida u janjal ko‘targan.

Keyinroq, erkak harbiy xizmatdan so‘ng orttirilgan ruhiy kasallikdan jabr chekishi ma’lum bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-05-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют