» » Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonidagi sammitda nutq so‘zlashi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonidagi sammitda nutq so‘zlashi kutilmoqda


Xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdul Aziz ol Saud taklifiga binoan 21-may kuni Ar-Riyod shahrida Arab-musulmon mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari sammitida ishtirok etadi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Yuqori darajadagi ushbu forum ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, bag‘rikenglik, xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha islom dunyosi va AQSh o‘rtasida yangi sheriklikni o‘rnatish yo‘llarini muhokama etish maqsadida tashkil etilmoqda.

Sammitga Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo mamlakatlar, AQSh, BMT, IHT, Arab davlatlari ligasi, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining bosh kotiblari taklif etilgan.

Yuqori darajadagi mazkur uchrashuv chog‘ida Saudiya Arabistoni podshohi, AQSh prezidenti, boshqa davlatlar yetakchilari, jumladan, O‘zbekiston rahbarining nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Tadbir doirasida sammit qatnashchilarining Ekstremistik mafkura bilan kurashish bo‘yicha xalqaro markaz qurilayotgan joyga borishi va uning poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yilishi ham ko‘zda tutilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют