» » Toshkentliklar kechasi kuzatgan narsa bolid bo‘lib chiqdi

Toshkentliklar kechasi kuzatgan narsa bolid bo‘lib chiqdi


19-may jumaga o‘tar kechasi, soat 00:45 da Toshkent osmonidan o‘zidan uzun iz qoldirib yorqin samo jismi uchib o‘tdi. Uning suratlari va videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti direktori o‘rinbosari Sobit Ilyosovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga osmon jismi qulagani haqida hech qanday xabar bo‘lmagan.

Institut xodimlari internetdagi videomateriallarni tahlil qilib, bu “oddiy meteorit hodisasi” degan xulosaga keldi. Yorqin ko‘ringan narsalar meteorit qismlarining Yer atmosferasining zich qatlamida yonishidan hosil bo‘lgan.

Meteoritlar — Quyosh sistemasining sayyoralararo fazodan Yer yuziga tushadigan qattiq jismlaridir. Quyosh atrofida elliptik orbita bo?ylab aylanayotgan son-sanoqsiz qattiq jismlardan ayrimlarining orbitasi o?zgarishi natijasida Yer bilan to?qnashadi. Katta tezlikda (11–75 km/soniya) harakat qilayotgan bunday jismlardan massasi kichiklari (1—10 gramm) Yer atmosferasida meteor hodisa hosil qilsa, kattalari (1 – 1000 kilogramm) atmosferada butunlay erib ulgurmay Yer yuziga tushadi.

Ba’zida yer atmosferasi 100 grammdan ortiqroq meteor jismlar bilan to‘qnashadi. Bu vaqtda atmosferada meteorga nisbatan yoqin hodisa hosil bo‘ladi. U bolid deyiladi.

Bolid uzun iz qoldiruvchi yorqin katta shar ko‘rinishida bo‘ladi. Sharning mayda bo‘laklarga bo‘linishidan bir necha soniya o‘tib undan shovqin, hushtak va gumburlashlar eshitiladi.

“Toshkentliklar og‘irligi 100 grammdan oshmaydigan bolidni kuzatishgan”, — dedi Sobit Ilyosov. Shuningdek, u bolidning paydo bo‘lishi atrof-muhitga va radiatsiya muhitiga ta’sir qilmasligini qo‘shimcha qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют