» » OAV: Saudiya Arabistoni Tramp ilk xorijiy safaridan katta taassurot olishiga harakat qiladi

OAV: Saudiya Arabistoni Tramp ilk xorijiy safaridan katta taassurot olishiga harakat qiladi


Saudiya Arabistoni AQSh prezidenti Donald Tramp ilk xorijiy safaridan katta taassurot olishi uchun zarur barcha harakatlarni amalga oshiradi. Bu haqda The Washington Post ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru” 

“Mamlakat Tramp Saudiyada bo‘ladigan ikki kun uchun ajabtovur kun tartibi tuzdi. Jumladan, bo‘lajak tadbirlarga Xalqaro jinoiy sud harbiy jinoyatlari uchun hukm chiqargan Sudan prezidenti Umar al-Bashir, Tramp va uning tarafdorlari yoqtiradigan FoxNews xo‘jayini Bret Bayer va amerikalik kantri-xonanda Tobi Kit kabi turli shaxslar taklif etildi”, — deyiladi gazeta chiqishida.

Trampning tashrifiga bag‘ishlangan sayt ingliz, arab va fransuz tillarida ishga tushirildi. Unga “Birgalikda kuchmiz” degan ibora shior sifatida tanlangan va muzkur tashrifgacha qolgan vaqt sanog‘i teskari tartibda yuritilgan. 

Tramp Saudiya Arabistonini o‘zining ilk xorijiy manzili sifatida tanlashi Obama davriga xos bo‘lgan ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar tugaganiga yaqqol ishora ekanligi bldirilmoqda. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют