» » Nike’ning eng qimmat krossovkasi 32 ming dollarga baholandi

Nike’ning eng qimmat krossovkasi 32 ming dollarga baholandi


Highsnobiety portali Nike kompaniyasining eng noyob va qimmat krossovkalaridan iborat reytingni tuzib chiqdi.

Ro‘yxatdan 23 ta modeldagi krossovkalar joy oldi. Birinchi o‘rinni o‘zi bog‘lanuvchi Nike Mag krossovkasi egalladi. “Kelajakka qaytib” komediyasidagi fantastik konseptdan realizatsiya qilingan ushbu oyoq kiyimning narxi 32 ming dollarga baholandi.

Undan 12 ming dollar arzonroqqa dizaynini Nike amerikalik reper Eminem bilan birga yaratgan Jordan 4 Retro ‘Eminem x Carhartt’ basketbol krossovkasining bir juftini sotib olish mumkin. Boshqa bir reper — Kane Uest ijodiga mansub oyoq kiyim esa undan ikki barobar arzon. Air Yeezy 2 red october krossovkalari olti ming dollar turadi.

Ro‘yxatning o‘rtasidan amerikalik basketbolchi Lebron Jeymsga atab chiqarilgan Lebron 10 Celebration Pack krossovkasi joy olgan. Uning bahosi 2299 dollar.

Nike kompaniyasiga 1964-yilda asos solingan va avvaliga Blue Ribbon Sports deya atalgan. Uning shtab-kvartirasi Oregon shtatidagi Biverton shahrida joylashgan. Shuningdek, kompaniya Nike Golf, NikeLab, Nike Pro, Nike+, Air Jordan va Nike Skateboarding brendlari ostida ham mahsulot chiqaradi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют