» » Fotogalereya: Hayotda bir marta bo‘lsa ham bosib o‘tishga arzigulik so‘qmoqlar

Fotogalereya: Hayotda bir marta bo‘lsa ham bosib o‘tishga arzigulik so‘qmoqlar


AdMe dunyoda sayr qilish mumkin bo‘lgan ajoyib joylar, so‘qmoqlar suratini to‘plab taqdim etdi.

Xayku so‘qmog‘i yoki Osmon zinapoyasi deb ataluvchi ushbu so‘qmoq Oaxu orolida joylashgan. Uni amerikalik harbiylar ikkinchi jahon urushida tepalikda joylashgan antennalarga chiqib borish maqsadida qurishgan.

Sikoku orolida qadimiy Yaponiyaning butun go‘zalligi saqlanib qolgan. Ushbu yo‘l orqali sayr 2 soat vaqtni talab qilib, bu vaqt davomida 88 qadimiy Budda ibodatxonalarini tomosha qilish mumkin.

Inklar tomonidan qurilgan qadimiy so‘qmoq 6 asrdan beri mavjud va hozirda ushbu yo‘l bo‘ylab turistlar sayr qiladi.

Shvetsiyaning Sarek milliy bog‘ida mamlakatning ulkan cho‘qqilari, irmoqlari, muzliklari, shimol yog‘dusi va erkinlikning ta’riflab bo‘lmas hissi mujassam.

Likya so‘qmog‘i ushbu mamlakatning ajoyibotlariga yo‘l ochadi. Bu yerda qadimiy Likya aholisi tomonidan 3 ming yil oldin qoldirib ketilgan qoyalardagi qabrlardan tortib ovloq moviy ko‘rfazlargacha uchratish mumkin.

Bu yerga Olovli ko‘rfaz nomi qirg‘oqlardagi qoyalarni qoplagan to‘q sariq lishayniklar rangi sabab berilgan.

Bu yerda Tasmaniyaning go‘zal joylarini, yuqori tog‘ cho‘qqilarni, tiniq suvli ko‘llar, sharsharalar va archagul maydonlarni tomosha qilish imkoni mavjud.

O‘rta asrlarda bu yo‘ldan ziyotchilar Ispaniya homiysi — havoriy Iakov qabriga sig‘ingani kelishgan.

Zion — qoyalar va tosh platolardan, ajoyib tunnel hamda suv oqishi oqibatida hosil bo‘lgan chuqur kanyonlardan iborat.

Nepal — dunyodagi eng ulkan tog‘lar, uzoqqa cho‘zilgan daralar, tog‘larda yo‘qolgan Budda ibodatxonalari kabi tomosha qilishga arziydigan maskanlardan iborat.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют