» » Aksiyalar narxi tushmoqda: “Yandeks” ukrainaliklar bilan hisob-kitobni amalga oshira olmayapti

Aksiyalar narxi tushmoqda: “Yandeks” ukrainaliklar bilan hisob-kitobni amalga oshira olmayapti


“Yandeks.Ukraina” hisoblari blokirovka qilingani sabab, kompaniya hamkorlari hisobiga mablag‘larni qonuniy o‘tkazib berish choralarini qidirmoqda. Bu haqda “Yandeks” matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar berdi Forbes.

“Ukraina prezidentining №133/2017 qarori kuchga kirgani sabab “Yandeks.Ukraina” MCHJ “Yandeks” reklama tarmog‘idagi hamkorlarimizga mukofot pulini o‘tkazishimiz mumkin bo‘lgan barcha hisoblarni blokirovka qilib qo‘ydi. Barcha mablag‘lar hamkorlik hisob varaqalarida qolmoqda, biroq biz hozircha hamkorlarimiz hisobiga o‘tkaza olmaymiz”, — dedi kompaniya vakili.

“Yandeks”da ushbu muammo tezda bartaraf bo‘lmasligi ta’kidlandi. “Biz mablag‘larni o‘tkazishning va hamkorlikni davom ettirishning boshqa qonuniy yo‘llarni qidirmoqdamiz”, — deya qo‘shimcha qildi kompaniya. “Yandeks”ning Ukrainadagi hisoblarining to‘xtatilishi kompaniya qimmatli qog‘ozlarining kotirovkasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Bir kun davomida “Yandeks” aksiyalari Moskva birjalarida 3,5 foizga tushib ketdi — bu har bir qog‘oz uchun 1551 rubl (qariyb 27 dollar) degani. 18:00 dagi holat bo‘yicha har bir aksiyaning qiymati 1574 rublga (qariyb 27,5 dollar ) — 2,11 foizga tushgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-05-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют