» » Tojikiston transport vazirligi nega samolyotlari Toshkentga uchmayotganligi sababiga aniqlik kiritdi

Tojikiston transport vazirligi nega samolyotlari Toshkentga uchmayotganligi sababiga aniqlik kiritdi


Ozbekistonning Ozbekiston havo yollari davlat aviakompaniyasi tomonidan ToshkentDushanbeToshkent yonalishi boyicha amalga oshirilayotgan reys bandligi 50 foizdan oshmayapti. Aynan shu sabab tufayli Tojikistonning Somon Eyr aviakompaniyasi Ozbekiston poytaxtiga oz reysini ochishga shoshilmayapti. Bu haqda Tojikiston transport vazirligi malum qildi, deb yozadi Asia-Plus nashri.

Har ikkala mamlakat aholisi uzoq yillar davomida kutgan Tojikiston va Ozbekiston ortasidagi aviareysning ochilishi biz uchun muhim boldi. Agar reys talabgir bolsa va yolovchilar soni kopaysa, Tojikiston aviakompaniyasi albatta Toshkentga parvoz qila boshlaydi. Hozir esa Tojikiston va Ozbekiston ortasidagi hamkorlikni yolga qoyish ishlari davom etmoqda, deyiladi transport vazirligi xabarida.

Toshkentdan Dushanbega ilk muntazam reys Ozbekiston havo yollari aviakompaniyasi tomonidan 11-aprel kuni amalga oshirildi. Oshanda samolyot bortida 29 kishi bor edi. ToshkentDushanbeToshkent reysi haftasiga ikki marta seshanba va shanba kunlari amalga oshirilmoqda. Parvoz vaqti bir soatga yaqin.

Chipta narxi bir tomonga 140 dollarni tashkil etmoqda. Ozbekistonning Tojikistondagi elchisi Shoqosim Shoislomovning sozlariga qaraganda, mazkur qiymat biznesmenlar uchun unchalik qimmat bolmasa-da, oddiy fuqarolar uchun juda yuqori. Biz aviachiptalar narxlarini pasaytirishga harakat qilamiz, dedi u.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (19-05-2017, 18:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -