» » “Ijtimoiy fikr”: O‘zbekistonda qishloq aholisi bolalar bog‘chalari moddiy-texnika holatidan qoniqish bildirmadi

“Ijtimoiy fikr”: O‘zbekistonda qishloq aholisi bolalar bog‘chalari moddiy-texnika holatidan qoniqish bildirmadi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dasturni o‘zbekistonliklar chindan ham dolzarb hisoblaydi. Respondentlarning mutlaq ko‘pchiligi, ya’ni 85,3 foizi ushbu sa’y-harakatlarni to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqda. 

Dasturga muvofiq, 5 yil mobaynida maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1 ming 167 tasini rekonstruksiya qilish, 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali yanada kengaytirish aniq maqsad sifatida belgilab qo‘yilgan. Buning uchun jami 2,2 trillion so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning o‘zida 301 maktabgacha ta’lim muassasasida 265,4 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi. Mazkur kompleks tadbirlarning bajarilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi bir yarim barobar oshadi. Boshqacha aytganda, 2021-yilga borib, respublikada maktabgacha ta’lim muassasalari 1 million 109 ming nafardan ortiq bolani o‘z bag‘riga oladi.

O‘zbekistonliklarning fikriga ko‘ra, maktabgacha ta’limni tubdan isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar o‘z vaqtida ko‘rilmoqda. So‘rovda ayon bo‘lishicha, qishloq aholisi maktabgacha ta’lim muassasalari moddiy-texnika holatidan qoniqmaydi. Qishloq joylarda istiqomat qilayotganlar bolalar bog‘chalari yomon isitilishi, issiq suv ta’minoti yo‘qligi, binolar ta’mirtalab bo‘lib qolganini ma’lum qilgan.

Shaharlar, ayniqsa, poytaxt aholisi bog‘cha xodimlarining bolalarga e’tiborsiz munosabati, bolalarni maktabga tayyorlash masalalarida tarbiyachilar kasbiy saviyasining pastligiga ko‘proq e’tibor qaratdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют