» » “Buxoro” — “Navbahor”. Bosh murabbiylar janjali sabab hakam har ikkisiga qizil ko‘rsatgan

“Buxoro” — “Navbahor”. Bosh murabbiylar janjali sabab hakam har ikkisiga qizil ko‘rsatgan


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 11-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Navbahor” o‘yinida 3:3 hisobi qayd etildi.

Bellashuvni boshqarib borgan andijonlik hakam Temur To‘xtasinov mehmonlar darvozasiga uchta penalti tayin qilgan bo‘lib, Ivan Nagayev shuning ikkitasini aniq amalga oshirgan. Alisher Shog‘ulomoning zarbasini esa “Navbahor” darvozaboni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq bellashuvda har ikki klubning bittadan futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatilgani aytilgandi. “Championat.asia” nashri tanaffus vaqtida bosh murabbiylar — Ulug‘bek Baqoyev hamda Ilhom Mo‘minjonov ham maydondan chetlatilganiga oydinlik kiritgan.

Birinchi bo‘limdan keyin Baqoyev bilan tortishib qoldik. Shu bois bizga kizil kartochka ko‘rsatildi. Biz uchrashuv vaqtida raqibmiz, futboldan keyin esa aka-ukadek bo‘lamiz.

Bugun darvozamizga uchta penalti qo‘yildi, darvozabonimiz Asilbek Omonovga so‘nggi penaltini qaytara olgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Inson hayotida xato qilishi tabiiy. Bugun hakamlar ham ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ydi. Ularni baholaydigan nazoratchilar bor, shu sababli men hakamlar qarorini muhokama qilmayman.

Ilhom Mo‘minjonov, “Navbahor” bosh murabbiyi

Uchrashuvdan so‘ng bosh hakam Temur To‘xtasinov hamkasblari orasida turdagi eng past bahoni oldi — 7,2 ball, deb yozdi “Championat.asia” “Navbahor”ning tvitterdagi rasmiy sahifasiga tayanib.

To‘xtasinov joriy mavsumda ikki marotaba 8 balldan kam baho olgan birinchi hakam bo‘lgan. U 5-turdagi “Navbahor” — “Mash’al” (1:0) o‘yinini ham boshqargan va 8 bahodan kamiga loyiq ko‘rilgan.

O‘rtacha baho olish borasida To‘xtasinov (7,94) joriy mavsum Oliy ligada ishlab kelayotgan 15 hakam orasida eng past ko‘rsatkich qayd etib turibdi. Shuningdek, Temur To‘xtasinov amaldagi mavsum hisobidan bir o‘yinda uchta penalti belgilagan ilk hakamdir.

Tanaffus vaqtidagi murabbiylar janjali borasida mezbon ustozi shunday fikr bildirdi:

Bu holat futbolning bir bo‘lagi. Biz Mo‘minjonov bilan yaxshi munosabatdamiz. O‘yin paytida har ikkala jamoa murabbiylari va futbolchilari qizishib ketishlari tabiiy hol.

Ulug‘bek Baqoyev, “Buxoro” bosh murabbiyi

PFL “Buxoro” — “Navbahor” o‘yinini alohida o‘rganib chiqadimi yoki yo‘q — aniq emas.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-05-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют