» » Xitoyda politsiyachilar jaziramada mashinada qoldirib ketilgan bolakayni qutqarish uchun avtomobil oynasini sindirdi (video)

Xitoyda politsiyachilar jaziramada mashinada qoldirib ketilgan bolakayni qutqarish uchun avtomobil oynasini sindirdi (video)


Xitoyning Dunguan shahri politsiyachilari ota-onasi 28 daraja jaziramada yopiq mashinada qolidirgan bir yoshli bolakayni qutqardi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda. 

Yig‘layotgan bolakayni o‘tkinchi payqab qoldi va politsiyani chaqirdi. Ular chaqaloqning ota-onasi kelishini kutib o‘tirmay, avtomobil oynasini sindirdi.

Ota-ona uxlayotgan bolani mashinada qoldirib, do‘kon aylangani ketgani ma’lum bo‘ldi. Ular yo‘q payt bola uyg‘onib ketgan va yig‘lay boshlagan. Bolakay jaziramada qoldirilgan mashinada 40 daqiqa atrofida qolib ketgan. 

Aniq ma’lum bo‘lmasa-da, uning omon qolgani taxmin qilinmoqda. Beg‘am ota-onaga chora ko‘rilgan yoki yo‘qligi ham hozircha ma’lum emas. 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют