» » Jan-Mishel Baskiya mo‘yqalamiga mansub kartina Sotheby’s auksionida 110 mln dollarga sotildi

Jan-Mishel Baskiya mo‘yqalamiga mansub kartina Sotheby’s auksionida 110 mln dollarga sotildi


Amerikalik musavvir Jan-Mishel Baskiya mo‘yqalamiga mansub kartina Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionining zamonaviy san’at asarlari savdosida 110,5 million dollarga sotildi. Bu Baskiya asarlari uchun rekord summa hisoblanadi, deya xabar beradi “TASS”. 

1982-yilda chizilgan surat kolleksiyachilar qiziqishiga sabab bo‘ldi va dastlabki bahodan deyarli ikki barobar ko‘tarilib ketdi.

Savdolarda yaponiyalik milliarder Yusaka Maedzavaning qo‘li baland keldi. U mazkur kartina ona shahri Tibadagi muzeyga qo‘yilishini bildirdi.

Oxirgi bor Baskiyaning ushbu asari 1984-yilda, muallif hayotlik payti sotuvga qo‘yilgan va atigi 19 ming dollarga sotilgandi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют