» » Sud Janna Friskening oilasiga xonandaning davolanishiga sarflanmagan 22 mln rublni qaytarish majburiyatini yukladi

Sud Janna Friskening oilasiga xonandaning davolanishiga sarflanmagan 22 mln rublni qaytarish majburiyatini yukladi


Moskvaning Perovsk sudi sudyasi Sergey Savostyanov rossiyalik marhum xonanda Janna Friskening ota-onasiga “Rusfond”ga xonandaning davolanishiga sarflanmagan 21,6 million rublni (1,4 milliard so‘mdan ziyodroq) qaytarish majburiyatini yukladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Friske oilasi vakillari dalillar mavjud emasligi bois surishtiruvlarni to‘xtatishni so‘ragan, shuningdek, buxgalter mablag‘ning sarflanishi borasida to‘liq hisobot tayyorlayotganini ma’lum qilgan edi.

Janna Friskening onasi Olga Friske sud majlisiga kelmadi, xonandaning sobiq turmush o‘rtog‘i Dmitriy Shepelev pulning katta qismi aynan uning qo‘lida ekanligini taxmin qilmoqda.

Janna Friske 2015-yil 15-iyun kuni saraton xastaligidan vafot etgan edi. Uning davolanishiga pul yig‘ib bergan “Rusfond” jamg‘armasi davolanish jarayoniga yo‘naltirilmagan pullarni qaytarish maqsadida xonandaning ota-onasini sudga bergan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-05-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 8) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют