» » Qrimcha cheburek tayyorlaymiz

Qrimcha cheburek tayyorlaymiz


Qrimcha chebureklar tayyorlashning turli xil usullari bor. Lekin qrim-tatarcha usulda tayyorlangan chebureklar o‘ziga xos mazasi va xushbo‘y hidi bilan ajralib turadi.

xamiri uchun:

qiyma uchun:

Unni chuqur idishga elaymiz.

Suvli piyolaga tuxumning alohida ajratilgan sarig‘ini solamiz va maxsus kurakcha yordamida yaxshilab aralashtiramiz.

Unga tuxum sarig‘i qo‘shilgan suyuqlikni asta-sekinlik bilan quyamiz. Bunda unni doimiy ravishda aralashtirib turiladi.

0,3 piyola o‘simlik yog‘ini qo‘shamiz. Kurakcha bilan ishlash noqulay bo‘lsa, xamirni qo‘llarimiz bilan qoramiz.

Xamirni bir necha bo‘laklarga ajratamiz va har birini o‘qlov yordamida yupqa qilib yoyamiz.

Qiymaga mayda qilib to‘g‘ralgan piyozni, tuz va murchni qo‘shamiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Qiyma quruqroq chiqsa, biroz sho‘rva yoki suv qo‘shish mumkin.

Yoyilgan xamirdan aylana shakllar kesamiz.

Hamma xamirdan 15—20 dona aylana shakldagi yupqa xamirchalar chiqishi kerak. Ularning soni kattaligiga bog‘liq.

Har bir aylananing yarim qismiga qiyma qo‘yib chiqamiz.

Qiymani ko‘p qo‘yib yubormang, chunki u pishmay qolishi yoki xamirdan chiqib ketishi mumkin.

Keyin esa har bir cheburekni ehtiyotlik bilan yopishtirib chiqamiz.

Xamir va qiyma tamom bo‘lguncha chebureklarni yasashda davom etamiz.

Ularni yaxshi qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qizartirib pishirib olamiz.

Chebureklarni faqat qaynab turgan yog‘ga solish lozim, aks holda ular tilla rangli pufakchalar bilan qoplanmaydi.

Yoqimli ishtaha!

Manba: “Delo vkusa”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют