» » Andijon voqealari haqidagi afsonalar qanday toqilgan?

Andijon voqealari haqidagi afsonalar qanday toqilgan?


Mustaqil siyosatshunos Erkin Ilhomov 2005-yil 13-maydagi Andijon voqealari haqida oz mulohazalarini bayon etdi.

Har bahorda shu bolar takror deganlaridek, may oyi kirib kelishi bilan turli ommaviy axborot vositalarida 2005-yilgi Andijon voqealari haqida turkum maqolalar urchiydi. Ushbu materiallar mualliflari, yillar otsa-da, bir xil mazmundagi gap-sozlarni chaynayveradi. Ular on ikki yildan beri Andijondagi fojiali kunlar haqida bir tomonlama baho berishdan nariga ota olishmayapti.

Bazi ommaviy axborot vositalari tinch namoyishchilar oqqa tutildi deya oz homiylari, yani xalqaro nohukumat tashkilotlar tomonidan uqtirilgan gaplarni takrorlashga majbur bolmoqda. Pulini tolagan qoshiqqa buyurtma beradi, deb bejizga aytishmaydi. Etiborli jihati, bunda aniq dalillar, ishonchli faktlar asosida emas, balki oz aqli yoki ongi doirasida, yani oz bilganicha xulosa chiqarishga urinishadi.

2016-yilning oktyabrida J. Xopkins universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz institutida bolib otgan Andijon [voqealari]ga yangicha nazar deb nomlangan seminarda qilingan maruzalar bunday mujmal gap-sozlarning butunlay teskarisini korsatdi. Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori Frederik Starr, mazkur institutning yetakchi ilmiy xodimi J. Deyli hamda Pentagon vakili, 2005-yilda AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimi bolib ishlagan J. Xartman mazkur seminar tashkilotchilari bolishdi.

F. Starr seminarni ochar ekan, Andijonda osha kunlardagi vaziyatni baholashda togri yondashish zarurligini takidladi. Uning fikricha, oshanda shahardagi vaziyat ekstremistik kuchlar mamlakatda hokimiyatni qolga olish uchun uringanining barcha belgilari borligini korsatdi.

J. Xartmanning qayd etishicha, bugun hech qanday shubha yoqki, oshanda jangarilar mahalliy davlat hokimiyati organlari va jazoni ijro etish idoralariga hujum qilish orqali davlat tontarishini amalga oshirishga uringan. Ekstremistlarning oldindan oylangan harakati tufayli qurbonlar soni kop boldi. Hukumat kuchlari va jangarilar ortasidagi toqnashuvda ikki tomondan 200 ga yaqin kishi halok bolgan.

J. Xartman yana shuni alohida qayd etdiki, osha kuni Amerikaning biror-bir yirik gazetasi yoki telekanali Toshkentda oz muxbiriga ega emas edi. Bu atrofda faqatgina Moskvada amerikalik muxbir bor edi. Amerika ommaviy axborot vositalarining Rossiyadagi xodimlari esa ozbek tilini umuman bilmas, Ozbekiston haqida axborotga ega emas edi. Shuning uchun ular faqatgina xalqaro tashkilotlarning maruzalariga asoslanib ish tutishga majbur bolishgan.

Shu sababli Andijon haqida materiallarning juda kam qismi ishonchli bolib, aksariyat qismi haqiqatga togri kelmasdi.

Amerikalik diplomatning fikricha, Garb ommaviy axborot vositalari ortasidagi nosoglom raqobat bunga sabab boldi. Chunki ular yangiliklar poygasida ishonchli axborotni emas, balki qaynoq axborotni berishga kirishib ketgan edi.

J. Deylining takidlashicha, osha kundagi voqea haqida bevosita guvohlar, uni oz kozi bilan korganlar yozishmadi. Natijada qurbonlar soni tasavvurga sigmas darajada osdi, shunchaki borttirib korsatildi. Garb ommaviy axborot vositalari va nohukumat tashkilotlari tomonidan toqib chiqarilgan Andijon kartinasiga mantiqan togri kelmaydigan dalillarga koz yumildi. Har kuni ushbu shaharda aslida nima bolganini tushunish murakkablashib bordi. Haqiqat esa siyosiy maqsad ortiga yashiringan ekan.

Shu bilan birga, J. Deyli malum qilishicha, Ozbekiston hukumati jangarilar shaharda tartibsizlik, algov-dalgovni yuzaga keltirish maqsadida zoravonlikka qol urganini alohida takidlagan. Ekstremistlar qolida qurol-yarog, asirlar borligi, har joyda snayperlar, Molotov kokteyli bilan qurollangan shaxslar joylashtirilgani, terroristlarning inqirozni tinch yol bilan hal qilish boyicha hokimiyat bilan muzokaralarga keskin qarshi bolgani dalil sifatida keltirilgan.

Amerikalik ekspertning fikricha, garb mamlakatlari ommaviy axborot vositalari va nohukumat tashkilotlarining Andijon voqealari boyicha tusmollari, yani toqima afsonalari Ozbekiston tomonidan ishonchli dalillar asosida rad etilgan. 2006-yilda voqea joyidan olingan videotasvirlar garb mamlakatlarigacha yetib bordi. Ularda Ozbekiston hukumatining xulosalari amalda oz tasdigini topdi. Ammo garb jamoatchiligi ongida osha voqealar boyicha stereotip qarashlar allaqachon shakllanib bolgan edi. Garb nohukumat tashkilotlari oz aybini tan olmasdan, xatolarini iloji boricha yashirishga harakat qilishdi. Oqibatda videodalillarga yo etibor qaratilmadi, yo ozbek hukumatining tashviqot materiali deb bong urildi.

Andijon fojeasidagi eng muhim jihat shundaki, ushbu voqealar yosh dunyoviy mamlakatimiz uchun ogir sinov boldi. Dunyo jamoatchiligi esa garb ommaviy axborot vositalari va xalqaro nohukumat tashkilotlari tomonidan toqilgan afsonalar tasiriga tushib qoldi. Agar Garb ekstremizm va terrorizmga qarshi haqiqatan ham kurashmoqchi bolsa, oxirgi paytlarda Yevropaning katta-kichik shaharlarini qamrab olayotgan terroristik hujumlarni inobatga olgan holda Andijon voqealaridan saboq chiqarishi, togri xulosa qilishi lozim.

Daryoning YouTubedagi rasmiy sahifasiga obuna boling

: admin (19-05-2017, 22:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 9) ( 0) ( 7) ( 2)
:
-
:
20 ... -