» » Assanj unga qarshi jinoiy ishning to‘xtatilishini BMT huquq tizimining g‘alabasi deb atadi

Assanj unga qarshi jinoiy ishning to‘xtatilishini BMT huquq tizimining g‘alabasi deb atadi


WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Shvetsiya prokuraturasi tomonidan unga qarshi sud ta’qibining to‘xtatilishini nafaqat uning, balki BMT huquq tizimining g‘alabasi deb hisoblaydi. Bu haqda u Ekvadorning Londondagi elchixonasi balkonidan turib bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Bugun shaxsan men uchun buyuk g‘alaba qozonildi, ammo bu BMTning inson huquqlarini ta’minlash tizimi uchun ham g‘alabadir”, — dedi u.

Shuningdek, u Buyuk Britaniya politsiyasi haligacha uni hibsga olishni rejalashtirayotganini kurakda turmaydigan holat deb baholadi.

“Bunday tahdidlar favqulodda vaziyatlarga yarashadi”, — ta’kidladi inson huquqlari faoli.

Ilgariroq Shvetsiya prokuraturasi Assanjga nisbatan sud ta’qibini to‘xtatgani ma’lum bo‘lgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-05-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 7) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют