» » Yaponiyalik mashhur multiplikator Xayao Miyadzaki yangi to‘la metrajli film yaratadi

Yaponiyalik mashhur multiplikator Xayao Miyadzaki yangi to‘la metrajli film yaratadi


Yaponiyaning butun dunyoga mashhur multiplikatori, “Oskar” mukofoti sovrindori Xayao Miyadzaki yangi to‘la metrajli film yaratish ishlariga kirishib ketdi. Bu haqda, GHIBLI studiyasi xabariga tayanib, “RIA Novosti” yozmoqda.

To‘rt yil muqaddam afsonaviy animator yoshi tufayli multiplikatsiyadan ketishini bildirgan edi. “Shamol kuchaymoqda” filmidan so‘ng Miyadzaki keksaygani tufayli bitta kartinaga juda ko‘p vaqt ketayotganini va shu bois katta loyihalar bilan shug‘ullana olmasligini aytdi. Bu yangilik uning muxlislari uchun chinakam shok bo‘lgan edi.

“Shamol kuchaymoqda” filmi 2013-yili Yaponiyada prokat yetakchisi bo‘ldi va 120 million dollar kassa qildi. Film “Oskar” mukofotiga ko‘rsatildi. Real voqealarga asoslangan ushbu multfilm Mitsubishi Zero qiruvchisini yaratgan aviakonstruktor Dziro Xorikosi haqida hikoya qiladi. Mitsubishi Zero — Ikkinchi jahon urushining ikkinchi yarmiga qadar jahonda tengi bo‘lmagan afsonaviy samolyot hisoblanadi.

2002-yili Miyadzakining “Arvohlar olib ketganlar” filmi “Eng yaxshi multiplikatsion film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qozondi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют