» » Dunyodagi birinchi haydovchisiz transformer avtomobil taqdim etildi

Dunyodagi birinchi haydovchisiz transformer avtomobil taqdim etildi


Italiya va AQShning Camal va OSVehicle kompaniyalari dunyodagi birinchi haydovchisiz transformer avtomobil prototipini taqdim etdi. Mashina besh asosiy qismdan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Motor.

Model Edit deb nomlanadi. Uning tarkibiy qismlari — old va orqa qism, tom, eshiklar (har bir tomonda ikkitadan) va shassi. Oxirgisidan boshqa barcha elementlar osonlikcha almashtirilishi mumkin. Shu tariqa, mualliflarning fikricha, mashina turli avtomobil kompaniyalari tomonidan turli maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin.

Transformatsiya imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramay, Edit har doim bir xil o‘lchov va shaklda bo‘lib qolaveradi.

Mualliflarning qayd qilishicha, almashtiriladigan qismlarning ishlatilishi avtomobilni qulaylashtiradi va uni ishlab chiqarishni arzonlashtiradi.

Hozircha Edit faqat renderlar va kompyuter modeli shaklida mavjud. Kuch qurilmasi sifatida elektr tizim o‘rnatish taklif qilinmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют