» » Britaniyalik olimlar Instagram’ni sog‘liqqa eng katta ziyon keltiruvchi ijtimoiy tarmoq deb topdi

Britaniyalik olimlar Instagram’ni sog‘liqqa eng katta ziyon keltiruvchi ijtimoiy tarmoq deb topdi


Britaniyalik olimlar Instagram’ni sog‘liqqa eng katta ziyon keltiruvchi ijtimoiy tarmoq deb tan oldi. Bu jamoat sog‘lig‘i bo‘yicha Qirollik jamiyati va Yoshlar salomatligi uchun harakat tomonidan chop etilgan qo‘shma hisobotda qayd etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Tadqiqotchilar 14–24 yosh oralig‘idagi 1479 kishini so‘rovdan o‘tkazdi. Yoshlardan sevimli ijtimoiy tarmoqlar haqida so‘ralib, ularga har birini bir necha so‘z bo‘yicha baholash taklif qilindi. Bu so‘zlar: “yolg‘izlik”, “depressiya”, “sarosima”, “masxara”, “tashqi imij yaratish”. Umumiy hisobda har bir respondentga 14 tadan savol berildi.

Tadqiqot doirasida YouTube, Instagram, Snapchat, Facebook va Twitter tahlil etildi. Bu ro‘yxatdagilardan eng ijobiy imijga YouTube ega bo‘lib chiqdi — bu servis yoshlarga eng ijobiy ta’sir o‘tkazar ekan. Undan keyin ro‘yxatdan bir tartib Twitter va Facebook o‘rin egalladi. Snapchat va Instagram foydalanuvchilardan eng kam ijobiy baho oldi.

Hisobotda aytilishicha, 16–24 yosh oralig‘idagi yoshlarning 91 foizi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют