» » Italiya qasrlarni turistik obyektlarga aylantirish uchun ularni tarqatadi

Italiya qasrlarni turistik obyektlarga aylantirish uchun ularni tarqatadi


Italiya hukumati 103 ta tarixiy bino, shu jumladan, o‘rta asr qasrlari, villa va ibodatxonalarni yangi egalariga bepul topshirishga tayyor. Yangi xo‘jayinlarga qo‘yiladigan asosiy shart ushbu binolarni turistik jihatdan diqqatga sazovor joyga aylantirishdir, deb xabar beradi “Interfaks”.

Tilga olib o‘tilgan binolar mamlakat markazidagi sakkiz an’anaviy turistik yo‘nalish bo‘ylab, shuningdek, Sitsiliya va Sardiniya orollarida joylashgan.

“Loyiha sekin o‘sayotgan turistik sektorni qo‘llab-quvvatlash va o‘stirishga qaratilgan, — dedi davlat ko‘chmas mulk agentligi vakili Roberto Reji. — Uning maqsadi ishlatilmayotgan xususiy va jamoat binolarini piyoda turistlar, velosipedchilar va ziyoratchilar uchun qiziq joyga aylantirishdir”.

Bepul ko‘chmas mulkka da’vogarlar uni faqat to‘qqiz yilga olishi mumkin. Bunday insonlar 26-iyunga qadar agentlikka talabnoma yuborib, unda binoda qanday o‘zgarishlar bo‘lishini tasvirlab berishi lozim. 40 dan oshmagan nomzodlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Loyiha omadli tugagan taqdirda hukumat ikki yil ichida istaganlarga yana 200 ga yaqin obyektni sovg‘a qiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют