» » Cuba Domadores — Uzbek Tigers 5:0. Kubaliklar o‘zbekistonlik bokschilarga “non” qoldirmadi

Cuba Domadores — Uzbek Tigers 5:0. Kubaliklar o‘zbekistonlik bokschilarga “non” qoldirmadi


WSB chorak finalidan joy olgan Cuba Domadores — Uzbek Tigers to‘qnashuvida mezbonlar 5:0 hisobida zafar quchdi.

Tomonlarning Samarqand shahrida kechgan ilk to‘qnashuvida o‘zbekistonlik bokschilar 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozongandi. Kubaga yo‘l olgan Jasur Latipov, Elnur Abduraimov, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Bahodir Jalolovlarning barchasi raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Cuba Domadores va Uzbek Tigers bir yil avval WSB’ning yarim finalida to‘qnash kelgan bo‘lib, o‘shanda ham kubalik bokschilar 5:0 hisobida zafar quchgan va yakunda bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Shu tariqa super-og‘ir vazndagi bokschi Mirzobek Hasanov ringga chiqishi uchun sabab ham qolmadi va u Toshkentda jangsiz qaytib keladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov va Bahodir Jalolov Qozog‘istonda Astana Arlans’ga qarshi kechgan jangda ham raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Kubada Rio ishtirokchilari mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

-52 kg: Veytia Uosbanu — Jasur Latipov
-60 kg: Astrada Alvares — Elnur Abduraimov
-69 kg: Roniyel Iglesias — Shaxram G‘iyosov
-81 kg: Julio La Kruz — Bektemir Meliqo‘ziyev
+91 kg: Gomes Larduyet — Bahodir Jalolov

Super-og‘ir vazn
Yandri Toirak — Mirzobek Hasanov

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют