» » Eron bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan legionerlar Oliy liga termasi bilan o‘ynashga yaqin

Eron bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan legionerlar Oliy liga termasi bilan o‘ynashga yaqin


12-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 saralash bosqichi doirasida Eron mehmoni bo‘ladi. Bellashuv Tehronda o‘tadi.

Samvel Babayan murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi mazkur bellashuvga tayyorgarlik doirasida 6-iyun kuni Tailand termasini Toshkentda qabul qilishi borasida xabar berilgandi.

“Championat.asia” esa ertaga — 21-may kuni Toshkentda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik legioner futbolchilar Oliy liga termasiga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkinligiga oydinlik kiritdi. Uchrashuv katta ehtimol bilan TTYMI stadionida o‘tadi va 18:00 da start oladi.

Arab mamlakatlarida mavsum o‘z yakuniga yetganidan kelib chiqilsa, Sardor Rashidov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sanjar Tursunov, Sanjar Shoahmedov, Server Jeparov, Aziz Haydarov, Aziz Ibragimov kabi futbolchilar katta ehtimol bilan Toshkentda bo‘lib turibdi. Biroq bu futbolchilarning aksari termaga chaqirilmasligi ham mumkin.

Ertanga bellashuvda qaysi jamoa qanday tarkibda harakat qilishi aniq emas.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют