» » Liviya janubida aviabazaga uyushtirilgan hujum oqibatida 140 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Liviya janubida aviabazaga uyushtirilgan hujum oqibatida 140 dan ortiq odam halok bo‘ldi


Xalifa Xaftar qo‘mondonligi ostidagi Liviya milliy armiyasi vakili Ahmad Al-Mesmari mamlakat janubidagi aviabazaga qilingan hujum oqibatida kamida 141 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda AFP’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Askarlar harbiy paraddan qaytayotgan edi. Ular qurolsiz edi. Ularning aksariyati halok bo‘ldi”, — deya Al-Mesmari so‘zlaridan parcha keltirdi agentlik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida aviabazada ishlaydigan yoki uning atrofida yashaydigan tinch aholi ham bo‘lgan.

Liviya milliy kelishuv hukumati rahbari Fayoz as-Saraj aviabazaga uyushtirilgan hujum sabab Mudofaa vaziri Al-Mahdi al-Bargasini vazifasidan chetlatdi.

19-may, juma kuni milliy kelishuv hukumati aviabazaga hujum uyushtirish borasida hech qanday buyruq bermaganini e’lon qilgandi. Tripolidagi prezident kengashining bayonotiga ko‘ra, mamlakat janubida yuz bergan hodisa “harbiy xarajatlarni oshishiga olib keladi va milliy yarashuv jarayonini chigallashtiradi”.

Hozirda Liviyada ikkita hokimiyat mavjud — mamlakat sharqidagi Tobruk shahrida xalq tomonidan saylangan parlament, g‘arbda, poytaxt Tripolida esa BMT va Yevropa ko‘magida mamlakatni boshqarayotgan Fayoz Saraj boshchiligidagi milliy kelishuv hukumati.

Mamlakat sharqidagi hukumat Tripolidan alohida harakat qiladi va Xalifa Xaftar boshchiligidagi milliy armiya bilan hamkorlik qiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют