» » Fazliddin G‘oibnazarov yakshanba kuni tongda professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi

Fazliddin G‘oibnazarov yakshanba kuni tongda professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi


Faoliyatini professional boksda davom ettirishga qaror qilgan Fazliddin G‘oibnazarov ertaga — 21-may kuni ikkinchi katta jangida ringga chiqadi.

“Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, bunda unga amerikalik Agustin Mauras raqib bo‘ladi. Jang Nyu-Yorkda joylashgan mashhur “Medison Skver Garden” arenasida o‘tadi.

Agustin Mauras 1990-yilda tug‘ilgan. U professional ringda hozirga qadar 11 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 6 tasida raqiblarini mag‘lub etgan va ikkitasida imkoniyatni boy bergan. Yana 3 ta jangda g‘olibni aniqlab bo‘lmagan.

Bugun bokschilarda vazn o‘lchash marosimi o‘tkaziladi.

Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi ilk jangini amerikalik Viktor Vaskesga qarshi o‘tkazib, raqibini ikkinchi raunddayoq nokaut qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 11:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют