» » Foto: Dubaydagi plyaj mehmonxonalari durdonalari

Foto: Dubaydagi plyaj mehmonxonalari durdonalari


National Geographic Fors ko‘rfazi durdonalari — Jumayradagi dengiz sohilida joylashgan uchta kurorti haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Jumeirah Zabeel Saray

Jumeirah Zabeel Saray plyaj mehmonxonasi Dubaydagi mashhur Palma Jumayra oroli g‘arbiy qismida joylashgan. U yerdan Fors ko‘rfazi va shahar osmono‘par binolariga ajoyib manzara ochiladi. Yaratuvchilarining g‘oyasiga ko‘ra, mehmonxona Usmon imperiyasining hashamatli saroylarini eslatishi lozim.

Jumeirah Zabeel Saray 405 ta xonadan iborat mehmonxona bo‘lib, ulardan 26 tasi lyuks xonadir. Uning hududida joylashgan ochiq ayvondagi sakkizta restoranda turk, hind va livan oshxonasi taomlarini tatib ko‘rish mumkin. Yaqin Sharqdagi eng yirik spa-kompleks — Talise Ottoman Spa mehmonxona hududida joylashgan. Jumeirah Zabeel Saray mehmonlari ikki tennis korti, ikki yopiq basseyn, fitnes markaz, shaxsiy kinoteatr va akvaparkli bolalar klubi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Madinat Jumeirah

Arab uslubida barpo etilgan Madinat Jumeirah kurortida uchta mehmonxona, bog‘lar va suv kanallari orasida qulay joylashgan 29 ta an’anaviy yozgi uycha va hashamatli villalar joylashgan. Kurort markazidan sharqona bozor joy olgan.

Jumeirah Mina A’Salam (“osoyishta bandargoh” ma’nosini anglatadi), shayxning yozgi qarorgohining aynan o‘zini aks ettiruvchi Jumeirah Al Qasr (“qasr”) hamda Jumeirah Al Naseem (“yengil shamol”,  “dengiz shabadasi”) mehmonxonalari kurort hududida joylashgan.

Bu yerga tashrif buyurgan mehmonlar 40 dan ortiq restoran, Dubaydagi eng uzun plyaj, spa-kompleks, fitnes-markaz, an’anaviy sharqona bozor, shuningdek, teatr xizmatlaridan bahramand bo‘lishi mumkin.

Jumeirah Beach Hotel

Jumeirah Beach Hotel mehmonxonasi Fors ko‘rfazi sohillarida Madinat Jumeirah majmuasi yaqinida joylashgan.

26 qavatli mehmonxona binosi alyumin konstruksiya va moviy oynadan ishlangan bo‘lib, dengiz to‘lqini shaklini eslatadi.

Jumeirah Beach mehmonxonasi 599 ta xona va lyuks xona, 20 ta restoran va bar, bolalar klubi, spa-markaz va sportklub, beshta basseyn, oltita tennis korti, keng plyaj va Wild Wadi akvaparkini o‘z ichiga olgan.

Talise sog‘lomlashtirish klubi sohilbo‘yida joylashgan bo‘lib, uchta skvosh-kort, oltita tennis korti va keng trenajyor va fitnes zallardan iborat. Mehmonxona mehmonlariga parus sporti yoki vindsyorfing bilan shug‘ullanish, suv chang‘isida suzish imkoni beriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют