» » AQSh boshchiligidagi koalitsiya zarbalari IShIDning neft daromadlari keskin pasayishiga olib keldi

AQSh boshchiligidagi koalitsiya zarbalari IShIDning neft daromadlari keskin pasayishiga olib keldi


AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning IShIDga qarshi harakatlari neft infrastrukturasi vayron etilishi va terrorchilar daromad manbasi keskin kamayishiga olib keldi. Bu haqda AQShning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha vakili Brett Makgerk ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Uning aytishicha, IShIDning neft daromadlari 2014-yildan beri eng past darajaga tushdi.

“Koalitsiya operatsiyalari natijasida 2,6 ming neft va gaz manzillari, 1,5 ming sisterna vayron etildi. Bu esa IShID 2014-yildan beri eng past daromadga ega bo‘lishiga olib keldi ”, — deya ta’kidladi Makgerk.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют