» » Hindiston shimolidagi ko‘chkilar oqibatida 14 ming ziyoratchi tog‘larda qolib ketdi

Hindiston shimolidagi ko‘chkilar oqibatida 14 ming ziyoratchi tog‘larda qolib ketdi


Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatidagi tog‘da joylashgan Badrinatx ibodatxonasiga tashrif buyurgan qariyb 14 ming ziyoratchi kuchli ko‘chkilar oqibatida tashqi dunyodan uzilib qoldi. Bu haqda Times of India gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ziyoratchilar orasida jabrlanganlar yo‘q. Ko‘chkilar Chamoli okrugidagi Rishikesh–Badrinatx shossesining 60 metrini yopib qo‘ygan. Aynan mana shu shosse ibodatxona majmuasiga eltadigan yagona yo‘l hisoblanadi. Ibodatxona Himolay tog‘i etaklarida joylashgan.

Mahalliy rasmiylar ziyoratchilarga yordam berishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Yo‘l xizmati xodimlari shosseni tozalash bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi. Yo‘l bugun kechga yaqin tozalab bo‘linishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют