» » Turkmanboshi shahrida Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka suhbati bo‘ldi

Turkmanboshi shahrida Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka suhbati bo‘ldi


Turkmanboshi shahridagi “Avaza” kongresslar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka suhbati bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, O‘zbekiston rahbarining mazkur tashrifi o‘zaro ishonch, hurmat va manfaatdorlik asosidagi sheriklikka yangi sur’at baxsh etishi va uni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqboliga oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.

Davlat rahbarlari joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijalari ko‘lamini yanada kengaytirish, o‘zaro aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev uchrashuv “Avaza” hududida tashkil etilganligi bejiz emasligini ta’kidladi. O‘zbekiston Turkmaniston portlari orqali Kaspiy dengiziga, xalqaro transport yo‘laklariga chiqishni maqsad qilgan.

Ikki davlatning tinchlikparvar tashqi siyosati, xalqaro muammolar borasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, turli tahdidlarning oldini olish masalalariga yondashuvlarning o‘xshashligi alohida ta’kidlandi. O‘zbekiston ham, Turkmaniston ham terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, qurol-yarog‘ va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi hamkorlikda kurashish tarafdori.

Mamlakatlar mintaqaviy integratsiyani rivojlantirish Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash, izchil taraqqiyotni ta’minlashning muhim omili, deb hisoblaydi. O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish yuzasidan atroflicha fikr almashdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 12) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют