» » Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga yetib keldi (foto)

Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga yetib keldi (foto)


AQSh prezidenti Donald Tramp 20-may, shanba kuni rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga yetib keldi. Bu haqda The Washington Post nashriga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

AQSh yetakchisining samolyoti Ar-Riyod aeroportiga kelib qo‘ndi. AQSh prezidenti sifatida ilk xorijiy safarini amalga oshirayotgan Trampni aeroportda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz As-Saud kutib oldi.

Nashrning qayd etishicha, AQSh prezidentiga uning rafiqasi Melaniya, qizi Ivanka va kuyovi Jared Kushner hamrohlik qilmoqda.

Amerika OAVlarining qayd etishicha, tashrifning qiziqarli jihatlaridan biri Trampga hamrohlik qilayotgan ayollarning tashqi ko‘rinishi bo‘ladi: musulmon odatlariga ko‘ra ayollar jamoatga ko‘rinish berganida boshiga ro‘mol o‘ragan bo‘lishi lozim.

Trampdan oldingi AQSh prezidenti Baraka Obamaning rafiqasi Mishel davlat tashrifi vaqtida boshi ochiq holda kelgani Saudiya Arabistoni fuqarolarining noroziligiga sabab bo‘lgandi. Melaniya Tramp ham Saudiyaga ro‘molsiz keldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют