» » Hasan Ruhoniy Eron prezidenti etib qayta saylandi

Hasan Ruhoniy Eron prezidenti etib qayta saylandi


Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi va mamlakat rahbari lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda Associated Press’ga asoslanib “Interfaks” xabar bermoqda.

Eron IIV xabariga ko‘ra, Ruhoniyni saylovchilarning 59 foizi – 22 million 800 ming kishi qo‘llab-quvvatladi. Uning eng yaqin ta’qibchisi Ibrohim Raisiyga saylovchilarning 39 foizi, ya’ni, 15 million 452 ming kishi ovoz berdi.

Kecha, 19-may kuni bo‘lib o‘tgan saylovda jami 40 million eronlik ishtirok etdi. Bu saylashga huquqi bo‘lganlarning 70 foizi demakdir. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak edi.

Hasan Ruhoniy 2013-yilgi saylovda 51 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgandi. O‘shanda saylovchilarning 73 foizi prezident saylovida ishtirok etgandi.

Xabarda qayd etilishicha, ovoz berish istagida bo‘lganlar ko‘p bo‘lgani sababli saylov uchastkalari ish vaqtini bir necha bor uzaytirishga majbur bo‘ldi.

68 yoshli Eron prezidenti liberal islohotlar tarafdori bo‘lib, siyosiy erkinlik va’da qilmoqda. Bundan tashqari, Hasan Ruhoniy boshqa mamlakatlar bilan aloqalarni yaxshilamoqchi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют