» » Toshkentdagi Maxtumquli ko‘chasida Ashxobod bog‘i tashkil qilinadi

Toshkentdagi Maxtumquli ko‘chasida Ashxobod bog‘i tashkil qilinadi


Toshkent shahridagi buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomidagi ko‘chada Ashxobod bog‘i tashkil etiladi. Bu haqda amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Turkmaniston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda buyuk shoir Maxtumquli tavalludi kuni munosabati bilan turkman xalqini tabriklayman. Shoir tavalludi O‘zbekistonda ham keng nishonlandi, uning nomidagi ko‘cha va yodgorlik ochildi. Biz shu ko‘chada Ashxobod bog‘ini tashkil qilamiz, bu ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ramzi bo‘lib qoladi”, — deb Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan keltiradi O‘zA.

Eslatib o‘tamiz, 18-may kuni Maxtumquli ko‘chasida turkman shoiriga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют