» » Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazining tug‘ilgan kuni. Biz 3 yoshdamiz!

Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazining tug‘ilgan kuni. Biz 3 yoshdamiz!


O‘zbekiston poytaxtining eng yirik va eng ko‘p tashrif buyuriladigan savdo-ko‘ngilochar markazi 3 yoshga to‘lmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida nimalar yuz berdi?

Bizda Makro tarmog‘ining yirik supermarketi, uy uchun mahsulotlar do‘konlarining yagona tarmog‘i HomeMarket ishlab turibdi.

Butiklar peshtaxtalari, brendlar va assortimentning turli-tumanligi kishini hayratga soladi: Samarqand Darvozada yetakchi o‘zbek va Yevropa brendlarining erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari, aksessuarlari, teri-galantereya, poyabzal, parfyumeriya va kosmetikasi taqdim etilgan.

Xonimlar uchun go‘zallik saloni va neyl-bar faoliyat ko‘rsatmoqda.


Biz ko‘plab ko‘ngilochar tomoshalarni taklif etamiz: kinoteatr, o‘yin avtomatlari, qo‘g‘irchoqlar teatri. Ikkinchi qavat hududida bolalar sayr poyezdi o‘tadi va chinakamiga ovoz chiqaradi.

Bu yerda kun bo‘yi vaqtni oila bilan birga o‘tkazish mumkin va hech kim zerikib qolmaydi: biz bolalar bilan xarid kishini toliqtiruvchi mashg‘ulotdan yoqimli, hatto quvnoq oilaviy ko‘ngilxushlikka aylanishi uchun barcha narsani o‘ylab qo‘yganmiz.


Demak, 3 yil mobaynida biz:

Tug‘ilgan kunimizda Samarqand Darvoza’ning barcha 10 000 000 mehmoniga minnatdorlik bildirishni istaymiz. Siz savdo markaziga emas, xonadoningizga kelasiz. Biz har bir mijozdan, ularning tanbehi, taklifi va izohi, tabassumidan minnatdormiz.

Siz kundan-kun yaxshilanib borishimizga yordam berasiz, biz esa, o‘z navbatida, markazimizga tashrif buyurishingiz imkon qadar qulay, shinam, foydali va yoqimli bo‘lishiga yordam berdik. Biz mehringiz, qo‘llab-quvvatlashingiz, g‘amxo‘rligingiz va e’tiboringizni his etamiz.

Biz har kuni markazimizda bo‘lish Sizga qulay kechishi uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Biz parda ortida qolamiz, biroq bu ko‘rinmas ishtirokimiz bo‘lmasa, mehmonlarimiz xavfsizlik, tozalik, yozda salqin va qishda haroratdan mahrum bo‘lardi. Har bir kishi barqaror faoliyatga va doimo mo‘ljalni yuqoriroq olishga intiluvchi ulkan organizmning qon tomiridir.

Biz barcha sheriklarimizga aksiyalar, tanlovlar, tadbirlar, jonli va sifatli musiqa, foto va video uchun minnatdormiz. Olamshumul rejalarimiz amalga oshgani, qo‘llab-quvvatlashingiz, bizga bo‘lgan ishonchingiz uchun rahmat.


Biz 3 yoshga to‘ldik, biroq mehr-muhabbatimiz vaqt, chegara va muddat bilmaydi. Biz har biri kishini ardoqlaymiz va haroratli munosabatlarimiz, bir-birimizga bo‘lgan o‘zaro hurmatni ardoqlaymiz.

3 yil — oz muddat, bu faqat boshlanishi. Har bir mehmonimizga ulkan minnatdorlik bildirishni istaymiz!

P.S. 21-mayda tug‘ilgan kunni nishonlaymiz. Barchani Samarqand Darvoza’ga taklif etamiz — Sizni ko‘plab yoqimli syurprizlar kutmoqda!

Reklama huquqi asosida

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют