» » FQB sobiq rahbari Jeyms Komi Senatning ochiq majlisida ko‘rsatma beradi

FQB sobiq rahbari Jeyms Komi Senatning ochiq majlisida ko‘rsatma beradi


Federal qidiruv byurosi sobiq rahbari Jeyms Komi Senatning razvedka bo‘yicha qo‘mitasi ochiq majlisida ko‘rsatma beradi. Bu haqda qo‘mita rahbarlari senator Richard Burr va senator Mark Uorner ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

“FQB sobiq direktori Jeyms Komi qo‘mitaning ochiq majlisida ko‘rsatma berishga roziligini bildirdi”, — deb Mark Uorner Twitter’da yozuv qoldirdi.

Bayonotda yozilishicha, majlis AQShda 29-may kuni nishonlanadigan Xotira kunidan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

Senatorlar Komidan “Rossiyaning AQShda 2016-yilda bo‘lib o‘tgan saylovga aralashuvi borasida uning bahosi”ni eshitish umidida va “so‘nggi vaqtlarda OAVlar tomonidan keng yoritilib borilayotgan hodisalar yuzasidan tushuntirishlar” olishni mo‘ljallagan.

Senatorlar FQB sobiq direktorining ko‘rsatmasi razvedka qo‘mitasining Rossiyaga nisbatan mustaqil olib borayotgan tergoviga foydasi tegishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Komini byuroni boshqarishga loyiq emas, deya vazifasidan ozod etgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют