» » Namangan shahrida profilaktika kuni talabalar marafoni tashkil etildi

Namangan shahrida profilaktika kuni talabalar marafoni tashkil etildi


Namangan shahrida profilaktika va huquqbuzarliklarning oldini olish kuni “Yurt tinchligi uchun barchamiz mas’ulmiz” shiori ostida marafon tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari ishtirok etgan marafonda qatnashchilar Namangan shahridagi temir yo‘l vokzali chorrahasidan o‘lkashunoslik muzeyigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi. Ikki bosqichda qizlar va yigitlar o‘rtasida alohida bo‘lib o‘tgan marafon sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratildi.

G‘oliblar va marafon davomida faol ishtirok etgan yoshlar Namangan viloyat IIB diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Profilaktika kunining uzviy davomi sifatida ichki ishlar organlari xodimlari, o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari bilan birgalikda “Yangi tong” MFYda kun davomida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar taqsimoti yuzasidan yig‘ildi.

Har bir bo‘linma va tashkilotga xizmat vazifasidan kelib chiqqan holda topshiriqlar taqsimlangandan so‘ng belgilangan guruhlar hududdagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi xonadon vakillari bilan uchrashib, ularning turmush sharoiti, pasport tizimi va boshqa masalalar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.

Ta’lim muassasalariga biriktirilgan guruhlar esa Namangan shahridagi barcha oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida davomat tadbirlari o‘tkazib, o‘quvchilarning ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Kun davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Namangan yuridik kollejida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi. Namangan shahar hokimi, viloyat prokurori o‘rinbosari, shahar prokurori, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyasi ishtirok etgan yig‘ilishda hafta davomida shaharda sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha hisobotlar tinglandi. Shundan so‘ng huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar keng jamoatchilik oldida muhokama etilib, ularga qonuniy choralar ko‘rildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 9) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют